Hukm qilmasdan qo‘llab-quvvatlash rus va o‘zbek tilida
Qalb — psixologik yordam platformasi. Sizga mos keladigan psixologni topishga yordam beramiz.
Kim uchun terapiya, tanlang:
Hukm qilmasdan qo‘llab-quvvatlash rus va o‘zbek tilida
Qalb — psixologik yordam platformasi. Sizga mos keladigan psixologni topishga yordam beramiz.
Kim uchun terapiya, tanlang:
O‘zbekistonda ko‘plab insonlar ruhiy qiyinchiliklarga duch kelishadi...
...ammo faqat ozchiligi yordam so‘raydi
Psixologik muammolar kasallik emas, balki sizni tashvishga solayotgan savollardir...
...ularga yechim bor.
Ular haqida gapirish - bu yechimning birinchi qadami
Nima uchun psixologga murojaat qilish kerak?
Men hammasini ichimda saqlayman va endi uddalay olmayman.
Ota-onam yoki turmush o‘rtog‘im bilan munosabatimni yo‘lga qo‘ya olmayapti.
Go‘yo o‘z hayotim bilan yashamayapman.
Men tanqid qilinishdan qo‘rqaman, shuning uchun O‘zim bo‘la olmayman.
Hamma narsadan ko‘p xavotirlanaman: bolalar uchun, pul, uy, tozalik, hamma narsa uchun. Xavotir meni tark etmayapti.
Odamlar nega Qalbni tanlashadi?
1.
Qulay
Onlayn konsultatsiyalar – uyda, ofisda yoki tabiatda, sizga qulay vaqtda. Mutaxassis va vaqtni o‘zingiz tanlaysiz.
2.
Yondashuv
Biz qoralamaymiz, qarorlaringizni baholamaymiz va «qanday to‘g‘ri» ekanini o‘rgatmaymiz.
3.
Professionallik
Professional va e’tiborlik yordam. Tajribali psixologlar, hayotni “qanday yashash kerak” deb baholamasdan yoki tanqid qilmasdan, axloqiy me’yorlarga rioya qilgan holda ishlaydilar.
4.
Xavfsiz
To‘liq maxfiylik va himoyalangan makon. Siz aytgan har bir so‘z faqat siz va psixolog orasida qoladi.
Mutaxassislarni qanday saralaymiz?
Ta’lim va malaka
Barcha mutaxassislar psixologiya yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega va ularning malakasi tegishli diplom bilan tasdiqlangan.Shuningdek, maxsus kurslar va treninglarni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar ham inobatga olinadi.
Ish tajribasi
Minimal ish tajribasi – 2 yil konsultativ psixologiya yo‘nalishida.Mijozlar bilan ishlashda (xususiy amaliyotda yoki tashkilotlarda) amaliy tajribaga ega bo‘lish shart.
Kasbiy axloq qoidalariga rioya qilish
Mutaxassislar psixologlar uchun maxsus etika kodeksiga moslik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tadi.Ular keskin tavsiyalar bermaydi, hayotingizni baholamaydi va kasbiy me’yorlardan chiqmaydi.
Shaxsiy suhbat
Har bir nomzod platforma supervizorlari bilan individual intervyudan o‘tadi.Biz uning kommunikatsiya ko‘nikmalarini, mijozga yondashuvini va xavfsiz muhit yaratish qobiliyatini baholaymiz.
Sinov muddati va sifat nazorati
Yangi mutaxassislar sinov formatida ishlaydi va mijozlardan fikr-mulohazalar olinadi.Biz foydalanuvchilar sharhlarini muntazam tahlil qilib, xizmat sifatini yuqori darajada ushlab turamiz.
Professional terapiya endi telefoningizda mavjud!
Siz uchun psixolog bilan qulay sessiyalar uchun ilova tayyorlayapmiz - qulay, xavfsiz va doimo qo‘l ostingizda.